Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Eron Prezidenti: Isroil hujumiga javob muvozanatli va o‘ylangan bo‘ladi

Eron Prezidenti: Isroil hujumiga javob muvozanatli va o‘ylangan bo‘ladi


Eronning Isroil hujumiga javobi muvozanatli va o‘ylangan bo‘ladi. Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian X ijtimoiy tarmog‘ida Isroilning o‘qqa tutilishiga izoh berar ekan.

Prezident Eron xalqi va Isroil hujumida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

«Eron dushmanlari bilsinki, bu jasur odamlar o‘z yerlarini qo‘rqmasdan himoya qiladilar va har qanday ahmoqlikka o‘lchovli va o‘ylab javob berishadi», — deb yozadi Pezeshkian.


26-oktabrga o‘tar kechasi Isroil 1-oktabr kuni amalga oshirilgan raketa hujumi uchun «qasos» sifatida Erondagi harbiy ob’ektlarga zarba berganini e’lon qildi.

Eronning xabar berishicha, mamlakat poytaxti Tehron, shuningdek, mamlakat g‘arbidagi Xuziston va Ilom viloyatlarida bir qator harbiy ob’ektlarga hujum qilingan. Havo mudofaa tizimlari hujumlarni «muvaffaqiyatli» qaytardi, biroq ba’zi ob’ektlarga «cheklangan zarar yetdi», dedi Tehron.

Isroil hujum «muvaffaqiyatli» bo‘lganini aytdi. Eron armiyasi ham to‘rt nafar askar halok bo‘lgani haqida xabar bergan.


Kiritildi: 21:50 27.10.2024. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!