Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron poytaxtida havo ifloslanishi sabab barcha o‘quv muassasalari yopildi

A A A
Eron poytaxtida havo ifloslanishi sabab barcha o‘quv muassasalari yopildi

Eron poytaxti Tehron shahrida havoning jiddiy ifloslanishi sabab 24–25 noyabr kunlari barcha maktab va oliy o‘quv yurtlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Ma’lum qilinishicha, bunday qaror aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan. Havo sifatini nazorat qilish kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda 2025 yil boshidan shu kunga qadar bor-yo‘g‘i olti kun toza havo kuzatilgan.

Mutaxassislar aholini ehtiyot choralariga amal qilishga va ochiq havoda bo‘lishni cheklashga chaqirmoqda.

Kiritildi: 22:42 25.11.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!