Eronning janubidagi Bandar Abbos portida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafarga etdi.
Bu haqda "Iran International" nashriyoti xabar berdi. Ta’kidlanishicha, qurbon bo‘lganlar orasida portda rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan holda ishlayotgan afg‘onistonliklar ham bor.
Ilgari kamida 70 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Bundan oldin Eron parlamenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakili Bandar Abbos portidagi portlashning sababi sifatida diversiya yoki chet el aralashuvi haqidagi taxminlarni rad etgandi.
Eronning Oliy rahbari Ali Xomanayiy hodisa tafsilotlarini har tomonlama tekshirish va e’tiborsizlikda aybdor shaxslarni jazolashga chaqirdi.