Pentagon rahbari Pit Xegset Ukraina uchun mo‘ljallangan raketa sigortalarini AQSh harbiy-havo kuchlari ehtiyojlariga yo‘naltirishni buyurdi.
Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Xegset bu qaror haqida Kongressni o‘tgan hafta xabardor qilgan.
Ta’kidlanishicha, Ukraina dronlarni tutib olish uchun foydalanadigan yerosti raketalari uchun sigortalar AQSh Harbiy-havo kuchlarining Yaqin Sharqdagi bo‘linmalariga yo‘naltiriladi.
Vashingtonning bu qarori, nashrning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish majburiyati zaiflashganini ko‘rsatadi.
P.S: Tarqatilgan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, AQSh Ukrainaga tobora harbiy paketlarni bekor qiladiganga o‘xshaydi...