Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Oliy sudyasi norozilik namoyishlarda qo‘lga olinganlar afv etilmasligini ma’lum qildi

Eron Oliy sudyasi norozilik namoyishlarda qo‘lga olinganlar afv etilmasligini ma’lum qildi

Eron Oliy sudyasi norozilik namoyishlarda qo‘lga olinganlar afv etilmasligini ma’lum qildi — OAV.

Xabar berilishicha, Eron sud hokimiyati rahbari norozilik namoyishlari chog‘ida ushlanganlar 1979 yilgi Islom inqilobi yilligiga bag‘ishlab har yili amalga oshiriladigan afv dasturlariga kiritilmasligini aytdi.

"Xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mahkumlarning ismlarini afv ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma berdim", — dedi Eron Oliy sudyasi G‘ulomhusayn Muhsiniy-Ejeyiy.

Avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakatdagi namoyishlarda 3 117 kishi halok bo‘lganini e’lon qilgandi. Aroqchi qurbonlarning 2 427 nafari tinch aholi va xavfsizlik kuchlari xodimlari, 690 nafari esa “terrorchilar” ekanini bildirgan.

HRANA inson huquqlari tashkiloti esa Erondagi norozilik namoyishlari vaqtida halok bo‘lganlar soni 23 ming kishidan oshganini, shundan 6126 nafar o‘lim holati tasdiqlangani, yana 17091 ta holat bo‘yicha o‘lim sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, o‘n minglab namoyishchilar hibsga olingan.

Kiritildi: Bugun 16:50. O'qildi: 155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!