Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatgandan keyin birinchi marta omma oldida chiqish qildi.
Videoreportaj IRNA tomonidan e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Oyatulloh Xomanaiy Tehrondagi qarorgohida Muharram uchun motam marosimida qatnashgan. Qayd etish joizki, bu uning 13 iyun kuni Isroil hujumlari boshlanganidan beri tanlangan auditoriya oldiga birinchi marta chiqishidir, buni uning idorasi tarqatgan fotosuratlar va videolardan ko‘rish mumkin.
Avvalroq, 25 kun davomida Eron oliy rahbari xavfsizlik nuqtai nazaridan bunkerga ko‘chirilgani haqidagi xabarlar ortidan faqat oldindan yozib olingan videomurojaatlar orqali jamoatchilikka murojaat qilgan.