Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil Eron ichida qo‘zg‘olon ko‘tara olishiga umid qilgan, ammo uning rejasi amalga oshmadi

Isroil Eron ichida qo‘zg‘olon ko‘tara olishiga umid qilgan, ammo uning rejasi amalga oshmadi

Bu haqda NYT xabar berdi.

▪️Mossad Eronda norozilik namoyishlarini qo‘zg‘atishga va’da bergan; razvedka direktori Barnea bu rejani AQSh va Isroil urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda Netanyaxuga taklif qilgan;

▪️Rejaga ko‘ra, AQSH-Isroil hujumining dastlabki kunlarida muxolifat safarbar qilinib, Eronda tartibsizliklar keltirib chiqarishi va hokimiyatining qulashiga olib kelishi kutilgan;

▪️Ushbu reja yanvar oyining o‘rtalarida Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldorlariga taqdim etilgan;

▪️Netanyaxuning o‘zi rejani ma’qullagan. Keyinchalik u Mossadning rejasi amalga oshmaganidan "hafsalasi pir bo‘lgan"ini aytgan;

▪️AQSh va Isroil operasiyasi fonida Eron hukumati mamlakatdagi o‘z mavqeini mustahkamladi va qulash o‘rniga mintaqadagi AQSh va Isroilning nozik nishonlariga zarba berib, mojaroni yangi bosqichga ko‘tardi, deb ta’kidlaydi nashr.

Kiritildi: Bugun 16:15. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!