Bu haqda Mujtabo Xomanaiy AQSh bilan memorandum imzolangach bergan bayonotida aytib o‘tdi.
Oliy rahbar Eron prezidenti hamda Milliy xavfsizlik oliy kengashi mamlakat manfaatlari va chegaralarini himoya qilish mas’uliyatini zimmasiga olgani uchungina memorandumga rozilik berganini bildirdi.
Eron matbuotining xabar berishicha, Xomanaiy endilikda Tehron Vashingtonning o‘z majburiyatlarini qanday bajarishini jiddiy kuzatishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Hujjat Tehron va Vashingtonga Eron yadroviy dasturi hamda boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralarni boshlash imkonini beradi.
Eron TIV vakili Ismoil Bag‘oiyning so‘zlariga ko‘ra, Eronga qarshi neft sanksiyalarini bekor qilish jarayoni bugun boshlanadi va muzokaralar davom etadi.