"Amerika rejimi agar u aralashmasa, sionistik rejim butunlay yo‘q qilinishini tushunib yetdi. Shu sababli, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga kirishdi. Ammo bu yerda ham Islomiy Respublika g‘alaba qozondi va Qo‘shma Shtatlarga halokatli zarba berdi", — deya oyatulloh Xominaiyning so‘zlarini keltirmoqda IRNA davlat axborot agentligi.
Bu Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv boshlanganidan va tugaganidan keyin oyatulloh Xomaniyning uchinchi murojaati hisoblanadi.
"Biroq ular hech qanday natijaga erisha olmadi. Bu safar ham Islomiy Respublika ustunlik qildi va Amerikaga kuchli zarba berdi", — deya qo‘shimcha qildi oyatulloh.