"Parlamentning iqtisodiy qo‘mitasi allaqachon tegishli qonun loyihasining asosiy qismini ma’qullagan. Unga ko‘ra, rialdan to‘rtta nol olib tashlanadi, biroq uning nomi saqlanib qoladi. Yangi 1 rial = 10 000 eski rialga teng bo‘ladi", deya xabar bermoqda nashr.
Financial Times'ning yozishicha, nolni qisqartirish moliyaviy hisob-kitoblarni soddalashtiradi va banknotlar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi.
Bundan tashqari, nashrning qayd etishicha, muomalaga mayda tangalar — geran kiritiladi (1 yangi rial = 100 geran).