Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

Eron yaqin haftalarda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning (MAGATE) texnik missiyasini o‘tkazishga rozi bo‘lib, Tehron va BMT yadroviy nazorati tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning yangi formatini muhokama qiladi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy Nyu-Yorkka tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

"Delegasiya Eronga yadroviy ob’ektlarga tashrif buyurish uchun emas, bu formatni muhokama qilish uchun keladi", — dedi u jurnalistlar savollariga javob berar ekan.

G‘aribobodiy, shuningdek, Eron o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun uranni o‘zi boyitish niyatida ekanini, bunda boshqalarga tayanib bo‘lmasligini ta’kidladi.

"Boyitish haqida gap ketganda, Eron uranni o‘z ehtiyojlariga qarab boyitadi. Men shuni ayta olaman. Biz nima kerak bo‘lsa ham qila olishimiz kerak... Bu borada biz juda achinarli tajribani boshdan kechirdik. Biz uchinchi tomonga tayanolmaymiz", dedi u Tehron, masalan, uranni boyitishga moratoriy joriy etishga tayyormi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berar ekan.

Kiritildi: 07:00 24.07.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!