Eron Yaqin Sharqdagi voqealar rivojiga nisabatan turli xil javob variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Livan va Golan tepaligiga qo‘shin kiritish ham mavjud. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (Eron Qurolli kuchlarining elita bo‘linmasi) yuqori martabali harbiy qo‘mondoni Mohsin Rafiqdo‘st ma’lum qildi.
Rafiqdo‘stga ko‘ra, Eron Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga kirishishi mumkin va mamlakat Qurolli kuchlari bu boradagi barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, u Eron mudofaa sohasida o‘zini-o‘zi to‘liq ta’minlay olish darajasiga yetganini, ya’ni harbiy texnikani havo, yer va suv operasiyalari uchun mustaqil ravishda ishlab chiqarishga qodirligini ta’kidladi.