Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligini kafolatlovchi bitim tuzishga tayyor, deya bayonot berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi.
Shuningdek, u Tehron Eronga hujumlarini to‘xtatsa, Isroilga qarshi hujumlarni to‘xtatishini ham ta’kidladi.
Lekin hozircha bu bayonotga qarama-qarshi tarafdan ijobiy javob berilmadi.
Isroil kuchlari eronliklardan harbiy infratuzilma yaqinidagi hududlarni zudlik bilan tark etishni so‘radi. Yahudiy kuchlari eronliklarni shoshilinch ravishda ogohlantirib, aholini harbiy ob’ektlar atrofidagi hududlarni tark etishga chaqirdi.
"Harbiy qurol zavodlarida yoki ularga yaqin joyda bo‘lgan barcha shaxslar va ularni qo‘llab-quvvatlash ob’ektlari ushbu hududlarni darhol tark etishlari va keyingi ogohlantirishgacha qaytmasliklari kerak. Sizning ushbu infratuzilma yaqinida bo‘lishingiz hayotingizni xavf ostiga qo‘yadi", deyiladi Isroil armiyasining X ijtimoiy tarmoqdagi fors tilida yozilgan postida.