Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron javob berishga qaror qildi

Eron javob berishga qaror qildi

Tehron Isroilning Eron hududiga bergan zarbalariga javob choralarini kelishib oldi, dedi dushanba kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bagay.

«Biz barcha mumkin bo‘lgan stsenariylarni ko‘rib chiqdik va javobimiz qanday bo‘lishi haqida qaror qabul qildik», - deya Bagai so‘zlarini keltiradi Mehr agentligi.

U Eron hujumga javob berish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishini ma’lum qildi: «Bizning Isroil agressiyasiga javobimiz qat’iy va ishonchli bo‘ladi».

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Ali Fadaviy yakshanba kuni Eron armiyasi Isroilning yaqinda Eron harbiy ob’ektlariga bergan zarbalariga javoban operasiya o‘tkazishi mumkinligini aytdi.

Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, Fadaviy jurnalistning savoliga javob berar ekan, bunday operasiya bo‘lishini aytdi. «Men sizga uning tafsilotlarini ayta olmayman», deb qo‘shimcha qildi Eron harbiy rahbari.

Kiritildi: 22:00 04.11.2024. O'qildi: 10364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!