Bu haqda Eron armiyasi bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Mahmud Musaviy ma’lum qildi.
"Tehron qisqa vaqt ichida mudofaa qobiliyatini tiklay oldi", — deya ta’kidladi u.
Musaviyning so‘zlariga ko‘ra, Eron kuchlari yaqin vaqt ichida Isroilning hujumlaridan so‘ng mavjud tizimlardan foydalangan holda va yangilarini o‘rnatish orqali mamlakat havo hududining xavfsizligini ta’minlashga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, u Isroil hujumlari vaqtida erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalar ekan, armiya harakatlari mamlakatning mudofaa salohiyatini va tashqi tahdidlarga qarshi javob berishga bo‘lgan qat’iyatini isbotlaganini qo‘shimcha qildi.