The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Eron Isroilga qarshi kuchli hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu hujumda nafaqat raketalar va dronlar, balki Islom inqilobi muhofizlari korpusi va muntazam armiya ham jalb etilishi mumkin. Eron rasmiysi shunday dedi: “Bizning harbiylarimiz (oktyabr oyi oxiridagi Isroil zarbasi natijasida) yo‘qotishlarga uchradi va endi javob berishimiz kerak.”
Manba ma’lum qilishicha, Isroilga qarshi yangi hujum AQShdagi prezidentlik saylovidan keyin, 5 noyabrdan keyin, lekin yangi prezidentning yanvardagi inaugurasiyasidan oldin amalga oshirilishi kutilmoqda. Tehron, shuningdek, hujumni Iroq hududi orqali amalga oshirishi va Isroil harbiy ob’ektlariga “o‘tgan safarga qaraganda ancha agressiv” zarba berishini ham ehtimolga olib chiqmoqda.
Avvalroq, 26 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Eron hududiga bir qator aniq havo zarbalari bergan, bu zarbalarni Tehron va uning ittifoqchilari tomonidan so‘nggi oylarda qilingan ko‘plab hujumlarga javob sifatida baholagan. Eron hokimiyati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu zarbalar natijasida to‘rt nafar eronlik harbiy halok bo‘lgan.