Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) Bahrayndagi AQSh vertolyot bazasining havo hujumidan mudofaa tizimiga tegishli radiolokasiya stansiyasiga oltita uchuvchisiz uchish apparati bilan hujum qilinganini bildirdi.
Fars agentligi xabar berishicha, radiolokasiya stansiyasiga KSIR Aerokosmik kuchlarining oltita droni zarba bergan.
Eron tomonining ta’kidlashicha, uchuvchisiz apparatlar belgilangan nishonlarga aniq zarba bergan, portlash ovozlari esa Bahraynning turli hududlarida eshitilgan.
KSIR, shuningdek, AQShning Hurmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashuvlarini kuzatib borish bahonasida amalga oshirayotgan operasiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ma’lum qildi.
Korpus bayonotida Hurmuz bo‘g‘ozi yopiqligicha qolayotgani ta’kidlangan. KSIR AQShning har qanday harbiy aralashuviga yanada qat’iy javob qaytarilishidan ogohlantirdi.