Eron Parlamenti Spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf Islom Respublikasining oliy rahbariyati bilan Iroqni Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotganda kemalari cheklovlarga duchor bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash masalasida maslahatlashuvlar o‘tkazish niyatida.
Bu haqda Iroq Parlamenti Spikeri Haybat al-Halbusi ma’lum qildi.
"Eron Parlamenti Spikeri G‘olibaf Hormuz bo‘g‘ozida Iroq neft tankerlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish masalasini Eron oliy rahbariyati oldida ko‘tarishga tayyorligini bildirdi", deb ta’kidladi al-Halbusi.
Ilgari xabar berilganidek, Bag‘dodda G‘olibaf bilan uchrashuv chog‘ida Iroq parlamenti spikeri Eron tomonidan Iroqqa Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish bo‘yicha "maxsus maqom" berishni so‘ragan.