Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil hukumati mustaqil davlatlar hududiga zarba berishda xalqaro me’yorlarni ham buzishga tayyor

Isroil hukumati mustaqil davlatlar hududiga zarba berishda xalqaro me’yorlarni ham buzishga tayyor
RF FA eksperti, sharqshunos Irina Fyodorova RT’ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi. Avvalroq Isroil Turkiya chegarasidan qariyb 70 km uzoqlikda joylashgan Suriyaning Abu-ud-Duhur aviabazasiga havo zarbasi bergan edi. Quddus buni Suriya ushbu bazada Turkiya harbiylarini joylashtirishga ruxsat berib, mavjud tartibni buzish yoqasiga kelgani bilan izohlagan. Fyodorovaga ko‘ra, bu harakat Isroilning mintaqadagi ta’sirini kuchaytirish va Suriyadagi unga qarshi kuchlarni zaiflashtirish siyosati bilan bog‘liq. Ekspert bu holat nafaqat Suriya va Isroil, balki Turkiya va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni ham keskinlashtirishi mumkinligini ta’kidladi. Avvalroq Turkiya Mudofaa vazirligi Isroilni xalqaro huquq talablariga rioya qilish va “o‘zboshimcha hujumlarni” to‘xtatishga chaqirgan.
Kiritildi: 17:09 21.08.2026. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!