Donald Tramp Eron rahbariyati muzokaralar o‘tkazishni so‘rab, o‘ziga murojaat qilganini bildirdi. AQSh prezidenti bu haqda 11 yanvar kuni Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Eron rahbarlari qo‘ng‘iroq qildi. Ular muzokara olib borishni istaydi. Uchrashuv tashkil etilyapti", — dedi Oq uy rahbari.
Shu bilan birga, Tramp "ehtimol, uchrashuvga qadar biz harakat qilishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin", deya qo‘shimcha qildi, ammo tafsilotlarni ochiqlamadi.
Eron rasmiylari hozircha AQSh prezidentining bayonotlari yuzasidan izoh bergani yo‘q.
HRANA huquqni himoya qiluvchi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 28 dekabrdan beri davom etayotgan namoyishlar vaqtida 500 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgan va 10 600 nafardan ziyod odam ushlangan.