Eron hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘llagan kompaniyalar va bizneslar mulkini musodara qilmoqda — Financial Times.
Eron Bosh prokuraturasi 20 dan ortiq sportchilar, aktyorlar va kinoijodkorlarga nisbatan namoyishlarga undash bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Idoraga ko‘ra, ularning mol-mulki norozilik namoyishlaridan ko‘rilgan zararni qoplash uchun yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, 60 ga yaqin kafe “terrorchilik aktlari”ni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlagani aniqlangan. Erondagi Tasnim axborot agentliginino yozishicha, mamlakatda mashhur bo‘lgan qahvaxonalar tarmog‘i va savdo markazi egasi Muhammad Saydini hibsga olingan, uning mulki esa musodara qilingan.
Eron rasmiylari islohotchilarning Ham-Mihan gazetasini davlat shifoxonalarining namoyishlar vaqtidagi faoliyatini yoritgani tufayli yopgan. Bundan tashqari, yana bir axborot agentligi va yangiliklar portali yolg‘on axborot tarqatishda ayblangan, ularning nomlariga aniqlik kiritilmagan.
2025 yil dekabr oyi oxirida Eronda hukumatga qarshi keng ko‘lamli namoyishlar boshlandi. Xorijdagi eronlik huquq himoyachilarining HRANA tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Eronda namoyishlar shafqatsizlik bilan bostirilishi oqibatida uch mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Boshqa huquq tashkilotlari esa qurbonlar sonini besh mingdan ortiqqa baholagan. Eronda internet bloklangani tufayli ishonchli ma’lumot olishning imkoni bo‘lmayapti.