Eron fuqaro aviasiyasi tashkiloti mamlakatdagi barcha aeroportlardan parvozlar bekor qilinganini e’lon qildi.
Parvozlar yakshanba kuni soat 20:30 dan dushanba kuni soat 5:30 gacha «operasion cheklovlar tufayli» to‘xtatiladi.
Qaror 1 oktabr kuni amalga oshirilgan raketa zarbalaridan so‘ng Isroilning Eronga javob hujumi ehtimolini kutgan holda qabul qilindi.