Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron havo hududini to‘liq ochdi

Eron havo hududini to‘liq ochdi

Eron Isroil bilan 12 kunlik to‘qnashuvdan so‘ng o‘rnatilgan havo qatnoviga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Eron fuqaro aviasiyasi tashkiloti ma’lum qildi, deya xabar beradi Sinxua.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ichki va xalqaro reyslar urushdan oldingi darajaga qaytgan. Shuningdek, Tehronning Mehrobod xalqaro aeroporti 24 soatlik ish faoliyatini qayta boshlagani tasdiqlandi.

“Shu daqiqadan boshlab barcha aviakompaniyalar va sayyohlik agentliklari kuniga 24 soat davomida chipta sotish va reyslarni bron qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, - deyiladi xabarda. .

Eslatib o‘tamiz, Eron 13 iyunda Isroilning Tehron va boshqa hududlarga havo hujumlari uyushtirganidan keyin o‘z havo hududini yopgan edi. Mojaro 24 iyunda otashkesim bilan yakunlandi.

Eron havo hududini bosqichma-bosqich ochishni 26 iyunda boshladi. Aeroportlar asta-sekin normal ish faoliyatini boshladi. 17 iyulda Fuqaro aviasiyasi tashkiloti barcha aeroportlar faoliyatini to‘liq tiklagani, faqat Mehrobod aeroporti soat 4:00 dan 19:00 gacha cheklangan rejimda ishlagani haqida ma’lum qildi.

Kiritildi: 13:56 04.08.2025. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!