Eron harbiylari Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qolmoqda, bu esa uni minalashtirishga hojat qoldirmaydi.
Bu haqda CNN telekanali Eron harbiy vakiliga tayanib xabar bermoqda.
"Eron Fors ko‘rfazi mintaqasi, Ummonning hududiy suvlari va Hormuz bo‘g‘ozi ustidan to‘liq va kuchli nazoratga ega", dedi manba.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yetarlicha ustunlik va kuchga ega bo‘lgani uchun Fors ko‘rfazida mina qo‘yishga hojat yo‘q. "Zarur bo‘lganda xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha mavjud vositalardan foydalanamiz", deya qo‘shimcha qildi u.
Eron harbiy vakili shuningdek, mintaqadan tashqaridagi davlatlarni mamlakat ishlariga aralashishdan ogohlantirdi.
Avvalroq Eron Mudofaa Kengashi AQSh yoki Isroil kuchlari Islom Respublikasi qirg‘oqlari yoki orollariga hujum qilgan taqdirda Tehron Fors ko‘rfazida mina qazishni boshlashini ma’lum qilgan edi.