Indoneziya mezbonlik qilgan qit’a birinchiligi yakunlandi.
Bugun musobaqaning final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Chempionlik uchun mezbon Indoneziya va Eron milliy terma jamoalari parketga chiqdi. Bellashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limdan so‘ng mezbonlar 3:2 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq ikkinchi bo‘limda forslar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi va asosiy vaqt 4:4 hisobida yakunlandi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda ikki jamoa ham bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Lotereyada esa Eron 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, 14-marta Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.