Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Fors ko‘rfazidagi hujumlar uchun AQSh va Isroilga javob choralari bilan tahdid qildi

Eron Fors ko‘rfazidagi hujumlar uchun AQSh va Isroilga javob choralari bilan tahdid qildi

Eronning Xatam al-Anbiya harbiy qo‘mondonligi markaziy shtabi vakili Ibrohim Zulfag‘ariy Fors ko‘rfazidagi hujumlar tufayli AQSh va Isroilga "javob choralari" bilan tahdid qildi.

Eron harbiy amaldorining bayonoti Mehr axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Zulfag‘ariyning so‘zlariga ko‘ra, AQSH-Isroil kuchlari Fors ko‘rfazidagi xususiy kemalar va yo‘lovchi tashish kemalarini nishonga olgan.

"Bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklari va Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlarining kuchli hujumiga qarshi tura olmaganliklari sababli, AQSh va Isroil Fors ko‘rfazidagi xususiy kemalar va yo‘lovchi tashish kemalarini nishonga olmoqda. Agar bu hujumlar davom esa, biz jiddiy javob choralarini ko‘ramiz", dedi u.

Avvalroq, AQSh va Isroil Eronning Bushehr shahridagi kemalarga, shuningdek, yo‘lovchi va baliq ovlash portlariga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladilar. Natijada Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomeney va boshqa bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirilgan. Keyin Eron Isroildagi nishonlarga, shuningdek, AQSh va uning Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi ittifoqchilari bilan bog‘liq ob’ektlarga zarba berishni boshladi.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!