Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron FIFA’dan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini AQShda o‘tkazish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi

Eron FIFA’dan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini AQShda o‘tkazish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi

Bu haqda Eron sport vaziri Ahmad Donyamali CNN telekanaliga bergan intrervyusida ma’lum qildi.

"AQShning Eronga agressiyasi davom etayotgan hozirgi vaziyatda turnirni ushbu davlatda o‘tkazish to‘g‘ri emas. Eron hali ham urush holatida bo‘lib, bu ko‘plab sohalarga, jumladan aviaqatnovlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda", — dedi vazir.

Donyamali Eron tomoni o‘yinlarni Meksikada o‘tkazish imkoniyatini ham taklif qildi. Vazir, shuningdek, eronlik futbolchilarning Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratilishiga umid bildirdi.

"Agar o‘yinlar Meksikada o‘tkazilsa, balki qandaydir choralar ko‘ra olarmiz. Jahon chempionatiga ikki-uch oy vaqt qoldi, biz esa hali ham urush holatidamiz. Boshqa tomondan, ularning o‘zlari ham farzandlaringiz (sportchilar) xavfsizlikda emas, deb tahdid qilishdi”, deydi vazir.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Turinir AQSH, Kanada hamda Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Eron “G” guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan birga o‘ynaydi. Guruh o‘yinlarining barchasi AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:28 14.03.2026. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!