Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron endi o‘zini yadroviy dastur bo‘yicha cheklovlardan ozod deb hisoblashini e’lon qildi

Eron endi o‘zini yadroviy dastur bo‘yicha cheklovlardan ozod deb hisoblashini e’lon qildi

Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, 2015 yilda imzolangan “yadroviy kelishuv”ning 10 yillik muddati tugagani sababli, uning barcha qoidalari “o‘z kuchini yo‘qotib bo‘lgan”. Shu bilan birga, Tehron o‘zining “diplomatiyaga sodiq” ekanini yana bir bor ta’kidladi.

“Yadroviy kelishuv” deb ataladigan Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi 2015 yilda Eron, AQSH, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida imzolangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi Tehron tomonidan yadroviy qurol yaratilishining oldini olish edi. AQSh Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida ushbu kelishuvdan chiqib ketgan.

“Yadroviy kelishuv” shartlariga qayta rioya etish bo‘yicha muzokaralar 2020 yil aprelida Venada boshlangan, biroq natijasiz yakunlangan. 2025 yilning bahori va yozida AQSh va fors davlati o‘rtasida yangi “yadroviy kelishuv” bo‘yicha bir necha raundli muzokaralar o‘tkazilgan edi, ammo ular Isroil va AQShning Eron yadroviy dasturiga qarshi harbiy amaliyoti tufayli to‘xtatib qo‘yilgan.

Kiritildi: 17:18 18.10.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!