Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Eron: biz Suriyaning yangi hukumati bilan aloqada emasmiz

Eron: biz Suriyaning yangi hukumati bilan aloqada emasmiz

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bekayning aytishicha, Tehron Suriyaning amaldagi hukumati bilan bevosita aloqaga ega emas. Shuningdek, u Eronning Suriyaga aralashuvi faqat terrorizmga qarshi kurash bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

"Biz ba’zi guruhlar bilan aloqada bo‘lganmiz, ammo Suriyaning hozirgi hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarimiz yo‘q", dedi Bekay.

Shuningdek, u Eronning Suriya masalasida Turkiya bilan faol fikr almashishini aytdi.

“Suriyadagi voqealarga aloqador har bir aktyor va partiya sodir bo‘layotgan voqealarni o‘ziga xos talqin qiladi. Ammo bu barcha versiyalarni biz qabul qilishimiz kerak degani emas”, — dedi u.

Kiritildi: 19:38 23.12.2024. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!