Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron bilan urush AQSh iqtisodiyotiga yuz milliardlab dollar zarar keltirmoqda

Eron bilan urush AQSh iqtisodiyotiga yuz milliardlab dollar zarar keltirmoqda

Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Tramp ma’muriyatining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, urushning amerikalik soliq to‘lovchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuki 25 milliard dollarga baholangandi. Biroq iqtisodchilar to‘liq harbiy va kreditlash xarajatlarining oshishini hisobga olib, umumiy zarar bundan ancha katta bo‘lishini prognoz qilyapti.

Mojaro davomida Pentagon qimmat raketalar va havo mudofaa tizimlarini yillik zaxiralaridan ancha ko‘p ishlatdi va aynan shu omilni urush xarajatlarining 25 milliard dollarlik bahosidagi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida ko‘rsatyapti. Pentagon Oq uy orqali Kongressga qo‘shimcha so‘rov yuborilishini rejalashtirmoqda, biroq miqdor hali aniq belgilanmagan.

Eron urushi boshlanishidan oldin global neft ta’minotining beshdan bir qismi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tardi. Bo‘g‘ozning yopilishi Qo‘shma Shtatlarda benzin narxini keskin oshirib, 1 gallon (3,7 litr) uchun 4,55 dollarga qimmatlashtirdi. Bu bu G7 mamlakatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek, sanoat uchun muhim xomashyo hisoblangan dizel yoqilg‘i narxi ham har gallon uchun 5,66 dollargacha ko‘tarildi va tarixiy rekord 5,82 dollarga yaqinlashib qoldi.

Braun universiteti Uotson davlat ishlari maktabi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon amerikalik iste’molchilar benzin va dizel uchun qo‘shimcha 35 milliard dollar to‘ladi. Bu har bir uy xo‘jaligi uchun taxminan 268 dollarga, ya’ni bir haftalik oziq-ovqat xarajatlariga teng.

Shuningdek, yil boshida prognoz qilingan foiz stavkalarining pasaytirilmasligi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy yo‘qotish taxminan 200 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:42. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!