9 mart kuni hukumatga qarashli Bahrain News Agency (BNA) Eronning dron hujumi haqida xabar berdi. Natijada 30 kishi jarohat oldi, ular orasida bolalar ham bor.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Sitra tumaniga qaratilgan.
"Hozirgacha 32 fuqaro jarohat oldi, ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda. Jarohatlanganlar orasida bolalar ham bor", - deya xabar beradi Bahrain News Agency (BNA) Bahrayn Sog‘liqni saqlash vazirligidan iqtibos keltirgan holda.
Jarohatlanganlarning ba’zilari shoshilinch jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lishdi.