Eron Tashqi ishlar vazirligi Qo‘shma Shtatlarni Qeshm orolidagi telekommunikasiya va boshqa ob’ektlarga uyushtirgan tungi zarbalarini qoraladi. Vazirlik sodir bo‘lgan voqealar uchun Bahrayn va Kuveyt rasmiylari ham mas’ul ekanini ta’kidladi.
"Vazirlik Vashingtonni Eronga qarshi hujumlar uyushtirishda mintaqa mamlakatlari hududi va ob’ektlaridan mustamlakachilik maqsadida foydalanganini qoralaydi hamda o‘tgan tundagi tajovuzkor harakatlar uchun Kuvayt va Bahrayn rasmiylarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq javobgarligini ta’kidlaydi", deyiladi bayonotda.
3 iyunga o‘tar kechasi Eron va AQSh harbiylari o‘zaro zarbalar almashdi. Eron AQShning hujumlariga javoban Kuvayt va Bahrayndagi amerikalik harbiylarga tegishli ob’ektlarga raketalar uchirdi. Qo‘shma Shtatlar Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, raketalar o‘z nishonlariga yetib bormagan.