Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron AQSh va Isroil zarbalariga qaramay o‘z raketa arsenalini qayta tikladi

Eron AQSh va Isroil zarbalariga qaramay o‘z raketa arsenalini qayta tikladi

Bu haqda AQSh razvedkasiga tayanib The New York Times xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘ylab joylashgan 33 ta raketa bazasidan 30 tasiga operativ kirish imkoniyatini qayta tiklagan. Nashr manbalarining aytishicha, ushbu bazalardan ayrimlari AQSh harbiy kemalari va neft tashuvchi tankerlarga xavf tug‘dirishi mumkin.

The New York Times'ning yozishicha, Eron mobil raketa qurilmalaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularni boshqa hududlarga osonlik bilan ko‘chirishi mumkin.

Bundan tashqari, AQSh harbiy razvedkasi bayonotiga ko‘ra, Eron mamlakat bo‘ylab raketa uchirish qurilmalarining taxminan 70 foizini va urushdan oldingi ballistik hamda qanotli raketalar zaxirasining 70 foizini saqlab qolgan.

Shuningdek, Tehron yerosti omborlari va raketa qurilmalarining 90 foiziga qayta kirish imkoniyatini tiklagani, ularning aksariyati qisman yoki to‘liq ishlayotgani qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 14:31. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!