Eron AQSh va Isroil bilan ziddiyatning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu haqda Eron TIV rahbarining o‘rinbosari Kazem G‘aribabadiy ma’lum qildi.
Uning aytishicha, birinchi bosqich 2025 yil iyunidagi 12 kunlik urush, ikkinchisi esa 2026 yil yanvar oyida mamlakatda yuz bergan tartibsizliklar bo‘lgan. Hozirgi jarayonlar esa yangi — uchinchi bosqichning boshlanishini anglatadi.
G‘aribabadiy Tehron urushni istamasligini, ammo o‘zini himoya qilish va mudofaa salohiyatini mustahkamlashda davom etishini ta’kidladi.