Eron AQSh va Isroil bilan ziddiyatli vaziyatda o‘z arsenaliga 1000 ta dron qo‘shdi.
Euronews telekanali xabar berishicha, Tehron Eron yadroviy inshootlariga hujumlar uyushtirish ehtimolidan xavotirda.
Dronlar mamlakatning turli hududlariga yetkazilgani xabar qilingan.
Eron ham yaqinda Fordo va Natanzdagi asosiy yadroviy ob’ektlari yaqinida havo hujumidan mudofaa mashqlarini o‘tkazdi.