Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Eron–AQSh tinchlik kelishuvi 24 soat ichida tayyor bo‘ladi

Eron–AQSh tinchlik kelishuvi 24 soat ichida tayyor bo‘ladi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning ma’lum qilishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar hal qiluvchi bosqichga yetgan va hujjat yaqin 24 soat ichida tayyor bo‘lishi mumkin.

Sharifning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi bo‘yicha asosiy kelishuvga erishilgan va hozirda uning yakuniy tasdiqlanishi kutilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lajak kelishuvda:

▪️ Hurmuz bo‘g‘ozini qayta ochish;

▪️ Eronga nisbatan qo‘llanilayotgan ayrim iqtisodiy cheklovlarni yumshatish;

▪️ Barcha frontlarda harbiy harakatlarni to‘xtatish;

▪️ Keyinchalik Eron yadroviy dasturi bo‘yicha alohida muzokaralarni boshlash

kabi masalalar nazarda tutilgan.

Biroq Vashington va Tehron hozircha kelishuvning aniq mazmuni bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.

Kuzatuvchilarning fikricha, agar hujjat imzolansa, u Yaqin Sharqdagi so‘nggi oylardagi eng muhim diplomatik kelishuvlardan biriga aylanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 18:32. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!