Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Eron–AQSh kelishuvi: Isroil Vashingtondan Eron aktivlarini muzlatishni bekor qilmaslikni talab qilmoqda

Eron–AQSh kelishuvi: Isroil Vashingtondan Eron aktivlarini muzlatishni bekor qilmaslikni talab qilmoqda

Isroil rasmiylari bo‘lajak tinchlik kelishuvini ta’minlash maqsadida AQSh Eronning xorijdagi aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmasligi kerakligini ta’kidlamoqda. Bu haqda CNN Isroildagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Avvalroq Eronning «Mehr» axborot agentligi e’lon qilgan o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasida Eronning 24 milliard dollarlik muzlatilgan mablag‘larini bosqichma-bosqich ajratish nazarda tutilgani aytilgan edi. Hujjatga ko‘ra, mazkur mablag‘ning yarmi muzokaralar boshlanishidan oldinyoq Eron ixtiyoriga o‘tkazilishi lozim.

CBS News ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Eron kelasi hafta boshida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashi mumkin. Shundan so‘ng tomonlar yakuniy tinchlik shartnomasi bo‘yicha 60 kunlik muzokaralarni boshlaydi.

Telekanal manbalarining ta’kidlashicha, zarurat tug‘ilsa, ushbu muddat uzaytirilishi ham mumkin.

«Mehr» agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, memorandumning asosiy bandlari quyidagilardan iborat:

▪️ Livanni ham o‘z ichiga olgan barcha frontlarda harbiy harakatlarni darhol to‘xtatish;

▪️ Eronga nisbatan qo‘llanilayotgan dengiz blokadasini to‘liq bekor qilish;

▪️ Hurmuz bo‘g‘ozini 30 kun ichida qayta ochish;

▪️ AQSh qo‘shinlarini Eron bilan chegaradosh hududlardan olib chiqish;

▪️ Eronning xorijdagi muzlatilgan mablag‘larini bosqichma-bosqich qaytarish.

Ayni paytda Tehron rasman hech qanday yakuniy kelishuvga erishilmaganini bildirmoqda. Shu sababli memorandum loyihasida keltirilgan shartlar hali rasman tasdiqlangan deb hisoblanmaydi.

Kiritildi: Bugun 19:05. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!