Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron AQSh harbiylarini mobil telefonlari orqali kuzatishga uringan

Eron AQSh harbiylarini mobil telefonlari orqali kuzatishga uringan

Eron Yaqin Sharqdagi mobil aloqa operatorlariga qarshi keng ko‘lamli kiberhujumlar uyushtirib, AQSh harbiy xizmatchilari joylashuvini mobil telefonlari orqali aniqlashga uringan. Bu haqda Financial Times kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislari va rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, hujumlar Fors ko‘rfazidagi mojaro boshlanishidan oldin ham, u davom etayotgan vaqtda ham kuzatilgan. Maqsad AQSh harbiylarining real vaqtdagi joylashuvi haqida ma’lumot to‘plash bo‘lgan.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha Citizen Lab tashkiloti katta ilmiy xodimi Gari Millerning ta’kidlashicha, Eron bunday ma’lumotlarni olish uchun xalqaro SS7

SS7 — butun dunyo mobil tarmoqlarini o‘zaro bog‘laydigan xalqaro texnik standart bo‘lib, qo‘ng‘iroqlar va rouming xizmatlarini ta’minlaydi. Mutaxassislar fikricha, ushbu tizimdagi zaifliklardan foydalanib, roumingdagi telefonlarning joylashuvini aniqlash mumkin.

Financial Times

Nashrning yozishicha, AQSh harbiylarining rouming tizimlari orqali kuzatilishi mumkinligi qonun chiqaruvchilarda jiddiy xavotir uyg‘otgan. Shu bilan birga, harbiy rasmiylar qo‘shinlarni himoya qilish uchun misli ko‘rilmagan xavfsizlik choralari ko‘rilganini, ammo ularning tafsilotlarini oshkor qila olmasliklarini bildirgan.

Kiritildi: 19:38 14.07.2026. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!