AQSh Eronga qarshi yangi harakat ssenariylarini tayyorlamoqda, dedi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rasmiy vakili Husayn Moxebi.
"Raqibimizda har qanday holat uchun turli muqobil ssenariylar bor", — deya uning so‘zlarini RIA Novosti keltiradi.
Moxebining ta’kidlashicha, AQSh Eronga qilingan hujumlardan so‘ng iqtisodiy urush va dengiz blokadasi choralariga o‘tgan.
"Albatta, ularning boshqa ssenariylari ham bor. Vaziyat shunday emaski, biz bu rejalardan bexabarmiz. Biz tayyorgarlik ko‘rganmiz", — dedi Moxebi.