Eron Tashqi ishlar vazirligiga AQSh bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash haqidagi takliflar kelib tushdi.
Bu haqda Eron OAVlariga tayanib, “Report” xabar berdi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Tehron yaqin vaqt ichida Amerika tomoni takliflarining mazmuni va mohiyati haqida ma’lumot beradi.
Avvalroq AQSh rasmiylari Ummon orqali Eronga yoz oylarida uzilib qolgan muloqotni qayta tiklash bo‘yicha taklif yuborgani haqida xabar qilingan edi.