Bugun 15 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Eron AQSh bilan davom etayotgan urushni cho‘zish variantini ko‘rib chiqmoqda

Eron AQSh bilan davom etayotgan urushni cho‘zish variantini ko‘rib chiqmoqda

Eron AQSh bilan davom etayotgan urushni Trampning prezidentlik muddati yakunlangunga qadar cho‘zish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni maslahatchisi, brigada generali Muhammad Rizo Naqdiy PBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Tehronning asosiy maqsadi Eronga qarshi yangi hujumlarning oldini oladigan darajadagi tiyib turish mexanizmini yaratishdan iborat.

"Qarang, dushman hech qachon bizga hujum qilishga jur’at eta olmaydigan darajadagi tiyib turish omiliga erishishimiz kerak. Buning yo‘llaridan biri – bu urushni keyingi prezidentlik muddatigacha cho‘zish va shunday zarar yetkazishki, agar yana kimdir Eronga hujum qilishni istasa, buning uchun katta badal to‘lashiga to‘g‘ri kelishini bilsin", — dedi general.

Naqdiyga Eronning savdo kemalariga hujumlari xalqaro dengiz huquqini buzishi mumkinligi haqida savol berilganda, u urush sharoitida xavf tug‘diruvchi transport yo‘llarini nazorat qilish qonuniy ekanini ta’kidladi.

"Urush sharoitida biz tahdid soluvchi har qanday transport arteriyasini nazorat qilishimiz mumkin. Xalqaro huquq aynan shuni nazarda tutadi. Dunyoning qaysi nuqtasida urush bo‘lsa, shu qoida amal qiladi", — dedi u.

Ma’lumot uchun, Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati 2025 yil yanvarda boshlangan bo‘lib, 2029 yil 20 yanvarda yakunlanadi. AQSh Konstitusiyasining 22-tuzatishiga ko‘ra, bir shaxs ikki martadan ortiq prezident lavozimini egallay olmaydi.

Kiritildi: 22:06 13.08.2026. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!