Eron Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning Tehronda o‘ldirilganiga javoban yaqin kunlarda Isroilga qarshi yirik hujum uyushtirish qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Politoco gazetasi amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hali ham Erondan Haniyaning o‘ldirilishiga qandaydir munosabat bildirishini kutmoqda, biroq yaqin kelajakda Isroilga hujum qilishiga ishonmaydi, chunki Tehron o‘zining dastlabki javob rejasini qayta ko‘rib chiqqan.
AQSh ma’muriyatining ikki yuqori martabali rasmiysi Vashington Tehronni keng ko‘lamli zarba faqat taranglikni kuchaytirib, tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik xavfini keltirib chiqarishi haqida ogohlantirganini aytdi. Ularning aniqlik kiritishicha, Qo‘shma Shtatlar Eronni Haniyaning o‘limiga munosabatini qayta ko‘rib chiqishga va buni kattaroq operasiyaning bir qismi deb hisoblamaslikka chaqirgan.
Rasmiylarga ko‘ra, Eron Amerika tomonining fikriga ko‘proq rozi bo‘lmoqda, garchi dastlab rad etgan bo‘lsa ham.