Eron hukumati 33 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun bir tomonlama viza talablarini bekor qilish haqidagi qarorni ratifikasiya qildi.
Mamlakat turizm vaziri bu qaror Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yishini bildirdi.
Qayd etilishicha, viza rejimi Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, Indoneziya, Bruney, Yaponiya, Singapur, Kambodja, Malayziya, Vyetnam, Braziliya, Peru, Kuba, Meksika, Boliviya, Venesuela, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Xorvatiya, Belarus, Livan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Tunis, Mavritaniya, Tanzaniya, Zimbabve, Mavrikiy va Seyshel orollari uchun bir tomonlama bekor qilinadi.