Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Eron 25 iyul kuni YEI-3 bilan muzokaralarning yangi bosqichiga kelishib oladi

Eron 25 iyul kuni YEI-3 bilan muzokaralarning yangi bosqichiga kelishib oladi

25 iyul kuni Istanbulda Eron va YEI-3 (Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya) o‘rtasida Eron yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmoil Bag‘iy ma’lum qildi.

"Evropa davlatlarining so‘roviga javoban Eron QKQHRning (Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi – tahr.) uch yevropalik ishtirokchisi bilan muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishga rozi bo‘ldi", - deya Eron davlat teleradiokompaniyasining savoliga javob berdi.

Unga ko‘ra, uchrashuv Istanbulda tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida bo‘lib o‘tadi. Erondan Majid Taxt-Ravanchi va Kazem G‘aribobodiy ishtirok etadi.

Kiritildi: 09:15 21.07.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!