Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Erni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Erni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo‘ladi

2024 yilning 5 oyida Navoiy viloyatida yer va kadastr nazoratchilari tomonidan jami 592 ta holatda 54 gektar yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallash yoki noqonuniy qurilish qilish holatlari aniqlangan.

397 ta holatda o‘zboshimchalik bilan egallangan 21 gektar yer maydonida aniqlangan noqonuniy qurilish Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan bartaraf qilinib, yer maydoni o‘z holatiga qaytarilishi ta’minlandi. Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan 2 gektar maydondagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha sudlarga 42 ta da’vo arizasi kiritildi.

Erni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo‘ladi

– Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonun hujjatlarini buzgan 488 nafar mansabdor va jismoniy shaxslarga nisbatan 4 milliard 57 million so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan, – deydi Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Nishonov. – Viloyatimizda ham joriy yilning 1 mayidan boshlab kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu nazorat tadbirlarida zamonaviy planshetlar hamda dronlardan foydalanilmoqda. O‘tgan bir oy mobaynida 421 ta holatda fuqarolar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olish hamda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari aniqlandi. Davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonun hujjatlarini buzgan 152 nafar mansabdor va jismoniy shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Erni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Qonunchilikka ko‘ra, noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobaridan 300 barobarigacha jarima solinadi va noqonuniy qurilmalar sudning hal qiluv qaroriga asosan majburiy tartibda bartaraf qilinadi. Bundan tashqari sug‘oriladigan yerlarda aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishiga ham sabab bo‘ladi.

Erni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Kiritildi: 23:49 14.06.2024. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!