Assalomu alaykum, ustoz. Quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqchi edim: 1. Nomahram erkak va ayolning bir xonada ishlashi joizmi? 2. Xonada ko‘pchilik ishlasachi?
1.Bitta xonada ikki nomahramning qolishi mumkin emas. Ularning uchinchisi shayton bo‘ladi.
2. Agar shar’iy hududda bo‘lsa joiz. Masalan, ayollar shariatga muvofiq kiyinsa, faqat ish yuzasidangina gaplashilsa, ruxsat.
Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad,
azon.uz