Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Erkak nega xotinini zanjirband qilganini so‘zlab berdi (video)

Erkak nega xotinini zanjirband qilganini so‘zlab berdi (video)

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi erkak u bilan ajrashish niyatida bo‘lgan xotinini o‘z uyida zanjirband qilgan holda saqlagani haqida xabar berilgandi. Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan «Toshkent» telekanali bilan hamkorlikda to‘liq tafsilotlarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 26 sentyabr kuni fuqaro M.A. Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kuyoviga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Murojaat mazmuniga ko‘ra, kuyov 2019 yilning 23—26 sentyabr kunlari o‘zining xonadonida turmush o‘rtog‘ini noqonuniy tarzda oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab qo‘yib, ushlab turgan.

Ushbu murojaat Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish maqsadida, zo‘ravon kuyovning xonadoniga borilgan. O‘rganish davomida jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertiza ko‘rigi o‘tkazilgan. Zangiota tuman sud tibbiy ekspertizasining 30 sentyabr kunidagi ma’lumotnomasida jabrlanuvchining jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘lig‘ining qisqa muddatga buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

«Xotinim 16-da (shahar shifoxonasi — tahr.) ishlaydi. Bir oydan beri bolalarga o‘zim qarayapman. Ularga ovqat pishirib, yedirib-ichirdim. 28 kun deganda ham kelmaganidan keyin oldiga bordim. Ishxonasidan chiqayotganida mashinaga mindirdim-da, qo‘lidan telefonini olib qo‘ydim. Uyga olib keldim. Telefonini kavladim. Oxirgi marta ‘Eshon’ degan bitta ‘issiq-sovuq’ qiladigan odamga qo‘ng‘iroq qilingan ekan. Kim bu desam, ‘boshim og‘riyotgan edi, tabibga boryapman’ dedi… O‘sha nomerga tel qildim. O‘zini tabibni ukasiman deb tanishtirgan odam oldi… Telefoni menda qoldi. Keyin bilsam, telefonda ikkita ekran bor ekan. Birinchi ekranda ‘vizov’ nomerlar turibdi, ichida raqamlar yo‘q. O‘g‘lim ikkinchi ekranni ochib berdi. U yerdagi Telegram’dan xotinimni begona erkaklar bilan, ‘Eshon’ bilan yozishganlari chiqib keldi.», — deydi ayblanuvchi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan zo‘ravon kuyovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:37 10.10.2019. O'qildi: 3512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!