Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Erkak 8 metr balandlikdan quladi, so‘ng...

A A A
Erkak 8 metr balandlikdan quladi, so‘ng...

Xitoy ko‘chalaridan birida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqea sodir bo‘ldi. Bir quruvchi havozaga chiqib, reklama plakatini devorga ilmoqchi edi. Biroq konstruksiya buzilib ketib, u qo‘li bilan devor chetiga osilib qoldi. Yerdan sakkiz metr balandlikda.

Voqea nima bilan tugagani ma’lum emas-u, lekin shu yaqin o‘rtadan kung-fu murabbiyi Vu Syan o‘tib ketayotgandi. Xuddi haqiqiy qahramonlar singari u bino tagiga yugurib kelib, quruvchining yerga yumshoqqina tushishini ta’minladi. Uni ushlab qolib, albatta.

Vu Syanning so‘zlariga ko‘ra, u jang san’ati bilan yetti yoshdan shug‘llanib kelmoqda, murabbiy bo‘lganiga esa 40 yildan oshgan. Qutqarilgan quruvchini har ehtimolga qarshi shifoxonaga olib ketishdi.

Kiritildi: 09:39 15.05.2018. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik