Omadsiz start tufayli bosh murabbiy Erik Ten Xag iste’foga chiqarildi. Uning o‘rniga jamoani vaqtincha Ruud Van Nistelroy boshqarib turadi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, klub Ten Xagga 22 million tovon puli to‘laydi. Erik Ten Xag 2022 yil yozidan buyon MYuni boshqarib kelayotgan edi. Ayni paytda klub APL musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.