Ijtimoiy tarmoqlarda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan baraban chalayotgan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qo‘shiq aytayotgan, jazchi Vaagn Ayrapetyan esa pianino chalayotgan video e’lon qilindi.
Bu video Fransiya prezidentining Armanistonga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan kechki ovqat vaqtida olingan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va mamlakat prezidenti Vaagn Xachaturyan birgalikda asli arman bo‘lgan mashhur fransuz xonandasi Sharl Aznavurning kompozisiyasini ijro etishdi.
Ushbu norasmiy chiqishda Makron solist sifatida qo‘shiq kuylagan bo‘lsa, Xachaturyan fortepianoda hamrohlik qildi, Pashinyan esa baraban chalish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldi.
Mazkur kechki ovqat 4 may kuni kechqurun prezident qarorgohida tashkil etilgan bo‘lib, Fransiya prezidentining Armanistonga tashrifi munosabati bilan berilgan edi.